“TDYUU bitiruvchisi — 2023” diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi
Toshkent davlat yuridik universitetida “TDYUU bitiruvchisi — 2023” bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov, TDYUU rektori v.v.b. Islombek Rustambekov, universitetning bakalavriat bosqichi bitiruvchi talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Bitiruv marosimi avvalida Adliya vaziri A.Toshqulov va universitet rektori v.v.b. I.Rustambekov soʻz olib, bitiruvchilarni yangi hayot sari qadam qoʻyayotgani bilan samimiy muborakbod etib, ularning kelgusi oʻqish va ish faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Marosimda qayd etilganidek, bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetida jami 7148 nafar talabalar tahsil olmoqda. Shundan 1280 nafar talaba 2022/2023-oʻquv yilida universitetni bitirdi.
Bitiruvchilarning 310 nafari “Ommaviy huquq” fakulteti, 314 nafari “Jinoiy odil sudlov” fakulteti, 297 nafari “Xususiy huquq” fakulteti, 359 nafari “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik”
fakulteti talabalaridir.
2022/2023 oʻquv yilida 1264 nafar 4-bosqich talabalarining bitiruv malakaviy amaliyotlari tashkil etildi. Talabalarning amaliyotini tashkil etishda ularning bitiruv malakaviy ishi mavzusi, qiziqishi, yashash manzili, hamkor tashkilotlar bilan tashkil etilgan klublarga aʼzoligi, qabul qiluvchi tashkilotlarning soʻrovlari va ishlayotgan talabalarning iltimoslari asosida kelgusida mehnat faoliyatlarini boshlashlari (talabalarning bandligini taʼminlash) inobatga olindi.
Hududlar kesimida Andijon viloyatida 43 nafar, Buxoro viloyatida 44 nafar, Jizzax viloyatida 15 nafar, Navoiy viloyatida 31 nafar, Namangan viloyatida 33 nafar, Samarqand viloyatida 48 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Surxondaryo viloyatida 28 nafar, Toshkent shahrida 699 nafar, Toshkent viloyatida 55 nafar, Fargʻona viloyatida 69 nafar, Qashqadaryo viloyatida 41 nafar, Xorazm viloyatida 24 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 13 nafar talaba adliya, ichki ishlar, prokuratura va sud organlarida amaliyot oʻtadi.
TDYUU talabalarning amaliyot oʻtashi va kelgusida ish bilan taʼminlanishini bevosita amalga oshirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida 35 dan ortiq tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari tuzilgan boʻlib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari tashkil etildi.
Mehnat yarmarkalari davomida bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishib, ularga nomzodlarga qoʻyilgan talablar, ishga qabul qilish tartibi, xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida toʻliq maʼlumotlar berildi.
Bundan tashqari, hamkor idora va tashkilotlar bilan birgalikda quyidagi klublar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan:
1. “Adliya” talabalar klubi (254 nafar talaba aʼzo);
2. “Boʻlajak prokurorlar klubi” (410 nafar talaba aʼzo);
3. “Boʻlajak advokatlar klubi” (161 nafar talaba aʼzo);
4. “Boʻlajak notariuslar klubi” (167 nafar talaba aʼzo
5. “Ombudsman klubi” (25 nafar talaba aʼzo);
6. “Yosh diplomatlar klubi” (8 nafar talaba aʼzo).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring