TDT mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) kotibiyati ko‘magida tashkil etilgan “Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazish bilim almashish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.
"Mintaqaviy integratsiya va infratuzilmaviy loyihalar" mavzusidagi panel sessiyasida Transportni rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori B.Xolmatov O‘zbekistonning TDT mamlakatlari bilan hamkorligining joriy holati va O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan muhim infratuzilmaviy loyihalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdi.
B.Xolmatov Turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini mustahkamlash muhimligini qayd etib, TDTga a’zo davlatlar O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy sohadagi eng muhim strategik sheriklaridan biri ekanini ta’kidladi.
Markaz direktori o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan TDT sammitlari doirasida ilgari surilgan multimodal transport yo‘laklarini rivojlantirish, transport jarayonlarini raqamlashtirish (jumladan, e-Permit va e-TIR tizimlarini joriy etish), shuningdek, asosiy yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish "Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘li va "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" transport yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha qator tashabbuslarga e’tibor qaratdi.
So‘zining yakunida B. Xolmatov joriy yilning yanvar oyida qabul qilingan va logistika infratuzilmasini keng miqyosda kengaytirish, konteyner tashuvlari hajmini oshirish hamda transport xizmatlari eksportini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga e’tibor qaratdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring