TDIU va Mara texnologiyalar universiteti oʻrtasida kelishuv imzolandi

15:01 09 Fevral 2025 Jamiyat
295 0

“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy taʼlim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida Birinchi Oʻzbekiston — Malayziya taʼlim forumi doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) delegatsiyasi Mara texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda TDIU rektori Toʻlqin Teshabayev universitet rektori Shahrin Bin Sahib Sahibuddin bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Oʻzaro muloqotda ushbu xorijiy universiteti bilan hamkorlikda Inklyuziv taʼlim markazini tashkil etish, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish va talabalarning akademik almashinuviga doir kelishuv imzolandi.

Kelishuvga koʻra, kelgusida TDIUda jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarga sifatli taʼlim berish, ularni zarur oʻquv adabiyotlari (jumladan, Brayl alifbosidagi adabiyotlar) va zarur infratuzilma bilan taʼminlash, bu borada xorijiy oliy taʼlim muassasasi tajribasidan foydalaniladi. Ilmiy tadqiqotlar sohasida Scopus, Web of Sciyense kabi xalqaro ilmiy bazalarda eʼtirof etilgan nufuzli jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etiladi. Akademik mobillik yoʻnalishida talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyiladi hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy stajirovkasi tashkil etiladi.

TDIU rektori T.Teshabayev xorijiy universitet huzuridagi inklyuziv taʼlim markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Hozirda 600 dan ziyod jismoniy imkoniyati cheklangan talaba-yoshlar turli yoʻnalishlarda Mara texnologiyalar universitetida tahsil olmoqda. Eʼtiborlisi, universitetda inklyuziv taʼlim ekotizimi bakalavr taʼlim yoʻnalishlaridan falsafa fanlari doktorlik ixtisosliklarigacha yoʻlga qoʻyilgan. Uchrashuvda, masʼullar tomonidan taʼlimning inklyuzivligini taʼminlash, uning infratuzilmasi va taʼlim jarayonlari haqida taqdimot qilishdi. Unda mazkur taʼlim shakli orqali kambagʻallikni imkoniyati cheklanganlar oʻrtasida qisqartirishga alohida eʼtibor qaratilganligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер