TDAU hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan agrar sohada ilgʻor texnologiyalar va tajribalarni joriy etishga qaratilgan kelishuv imzolandi

02:58 15 Iyun 2025 Jamiyat
159 0

Toshkent davlat agrar universiteti delegatsiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida davlatimiz rahbarining “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qator tashkilotlar, muassasalar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzildi.

“Made in Karakalpakstan” koʻrgazmasi hamda “Qoraqalpogʻistonda investitsiya kiriting” investitsiya forumi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov hamda Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov tomonidan kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuv Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, inson resurslarini rivojlantirish va uning salohiyatidan samarali foydalanish, kafolatli mehnat bozorini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, mazkur forumda mamlakatimizning xorijdagi elchilari, chet ellik investorlar, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, Qoraqalpogʻistonda yaratilgan sharoitlar, investitsiya qilish imkoniyatlari, shu jumladan qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq loyihalar muhokama qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер