Tataristondagi yongʻinda 5 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi
Videodan kadr
Rossiyaning Tatariston Respublikasi Malorechenskiy qishlogʻidagi chorvachilik majmuasida ishchilarning vaqtinchalik yashash uyi yonib ketdi. Hodisa oqibatida 6 nafar erkak halok boʻlgan. Bu haqida Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qildi.
“Baza” Telegram kanalining xabar berishicha, yongʻin tongga yaqin boshlangan. Binoda jami 39 kishi boʻlgan, ulardan 33 nafari binodan tashqariga chiqishga erishgan. Voqea joyidan 6 kishining jasadi topilgan. Vafot etganlarning 5 nafari Oʻzbekiston fuqarosi ekanligi aytilmoqda.
Yongʻin 300 kvadrat metr maydonda sodir boʻlib, uni oʻchirishda Rossiya FVVning 14 xodimi va 4 ta texnikasi ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring