Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga murojaat yoʻlladi

15:05 03 Mart 2022 Jamiyat
1701 0

Foto: Repost.uz

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga murojaat bilan chiqdi. Murojaat matnini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Matbuot xizmati eʼlon qildi:

Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻzbekistonlik mehnat migrantlari diqqatiga!

Hurmatli fuqarolar!

Agar sizning huquqingiz va qonuniy manfaatlaringiz buzilsa, ish beruvchi tomonidan hujjatlaringiz olib qoʻyilsa, kompensatsiya toʻlovlari, oylik ish haqi oʻz vaqtida toʻlanmasa, murakkab vaziyatda qolsangiz, huquqiy maslahatlar yoki boshqa masalalarda muammolar yuzaga kelsa, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalariga murojaat qilishingiz soʻraladi.

Vakolatxonalar tomonidan mehnatga oid nizolar, xususan, Rossiya Federatsiyasining migratsiya qonunchiligi, roʻyxatdan oʻtish, bandlik masalalari boʻyicha maslahatlar berish, yurtdoshlarimizni ishga yoʻnaltirish, ish haqini toʻlamaslik holatlarini hal qilishda koʻmaklashish, majburiy mehnatdan jabrlangan fuqarolarga yordam koʻrsatish, oʻz vakolatlari doirasida yuridik va huquqiy yordam xizmatlari koʻrsatiladi.

Shu munosabat bilan, xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega boʻlmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli koʻrinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va toʻlovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonalari:

Moskva shahri:
Manzil: Moskva shahri 1-Kazachiy tor koʻchasi, 11/2 (Metro Polyanka).
+7 (925) 045-47-44.

Sankt-Peterburg shahri:
Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya koʻchasi, 4A-uy.
Oʻzbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi binosi.
+7 (951) 680-95-97.

Yekaterinburg shahri:
Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext koʻchasi 22 uy.
 +7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66.

Novosibirsk shahri:
Manzil: Novosibirsk shahri, Lomonosova koʻchasi, 55-uy.
 +7 (953) 862-00-07.

Samara shahri:
Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya koʻchasi, 3-uy.
 +7 (917) 872-42-26.

Ufa shahri:
Manzil: Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni koʻchasi, 4-uy, 516-ofis.
 +7 (917) 469-20-88, +7 (347) 216-33-43.

Ishonch telefonlari: (71) 202-33-55, (71) 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?