Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov YEXHT Bosh kotibi Helga Shmid bilan telefon orqali muloqot qildi

19:07 25 Fevral 2022 Siyosat
1546 0

Foto: Illustrativ foto

2022-yilning 25-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Helga Shmid bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida aniq loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali Oʻzbekiston bilan YXHT oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo boʻlganligining 30 yilligi (1992-yil 26-fevral) munosabati bilan oʻzaro tabriklar almashdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?