“Tashkent Law Spring” IV forumi: Raqamli huquq tizimi muhokamada

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
29–30-may kunlari Toshkentda “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi boʻlib oʻtmoqda. 2019-yildan beri har ikki yilda oʻtkazib kelinayotgan bu nufuzli tadbir huquq sohasidagi eng muhim xalqaro muloqot maydonlaridan biriga aylangan.

Bu yilgi forum “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda 40 dan ziyod davlat va xalqaro tashkilotlardan 1 200 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. Ular orasida Saudiya Arabistoni, BAA, Rossiya, Singapur va boshqa mamlakatlar vakillari bor.

Tadbir doirasida 20 ga yaqin sessiyalar, mahorat darslari va ilk bor yoshlar yuridik forumi ham tashkil etildi. Sunʼiy intellekt, blokcheyn, elektron hukumat, intellektual mulk va yuridik taʼlimdagi raqamli yechimlar muhokama markazida boʻldi.

Forum oʻzini-oʻzi moliyalashtirish asosida oʻtkazilmoqda, ortgan mablagʻlar anʼanaga koʻra xayriya jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi. Uning natijalari asosida yangi qonunchilik tashabbuslari, huquqiy islohotlar va xalqaro hamkorlik loyihalari shakllantirilishi kutilmoqda.






Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring