“Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumiga start berildi

17:58 17 May 2023 Jamiyat
541 0

Bugun, 17-may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi boshlandi.

Ushbu forum Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan BMT, “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti va boshqa hamkorlar ishtirokida tashkil etildi.

Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini Oʻzbekistonda va jahonda ommalashtirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan.

“Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendensiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajardi.

Bu galgi forumda 20 dan ortiq davlat vakillari, shu jumladan Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Sloveniya, Turkiya, Yaponiya kabi davlatlardan ekspertlar ishtirok etmoqda.

Ikki kun davomida — 17–18- may kunlari — 16 ta muhokama sessiyasi davomida jami 132 ta maʼruza rejalashtirilgan. Anjumanning 600 dan ortiq ishtirokchisi zamonamizning dolzarb huquqiy masalalarini muhokama qilishi va ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, ularni maqbul hal etish yuzasidan fikr almashish imkoniyatga ega boʻladi.

Xususan, forum doirasida ishtirokchilar “Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha”; “Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar”; “Yuridik sohada raqamli texnologiyalar”; “Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar”; “Korrupsiyaga qarshi siyosat” kabi mavzular yuzasidan fikr almashadi. Shuningdek, forumning xorijiy ishtirokchilari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida xolis maʼlumot olish imkoniyati yaratildi.

Forum anʼanaviy tarzda xorijiy hamkorlar bilan xalqaro huquqiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash uchun oʻziga xos imkoniyatdir. Xalqaro anjuman ishtirokchilari tadbirlarda, jumladan, muhokama sessiyalari, davra suhbatlari, mahorat darslari, xalqaro va milliy ekspertlarning taqdimotlarida ishtirok etishdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер