Tashabbusli byudjet doirasida eng koʻp ovoz olgan loyihalar uchun 150 milliard soʻm ajratiladi
Foto: president.uz
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Nomzod oʻz taqdimotida infratuzilmani rivojlantirish masalalariga toʻxtaldi.
Aytilgan muammo va takliflardan kelib chiqib, davlatimiz rahbari 840 ta mahallada ichki yoʻllar, 579 tasida ichimlik va oqova suv, 589 tasida elektr va gaz taʼminoti, 396 tasida maktab, bogʻcha va poliklinika taʼmirlash boʻyicha ikki haftada dastur qabul qilib, bu boradagi ishlarni jadal boshlash vazifasini qoʻydi.
Jumladan:
— Tashabbusli byudjet doirasida eng koʻp ovoz olgan loyihalar uchun 150 milliard soʻm ajratish;
— Osiyo taraqqiyot bankining Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv loyihasining 185 million dollarlik 3-bosqichini boshlash;
— ichki yoʻllarni taʼmirlashga davlat byudjetidan 155 milliard soʻm, qoʻshimcha mahalliy byudjetdan 70 milliard soʻm ajratish topshirildi.
Prezidentimiz Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyoʻl va Ohangaron shaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yoʻlga qoʻyish vaqti kelganini taʼkidlab, transport vaziriga tegishli qaror loyihasini kiritishga koʻrsatma berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring