Tarixdagi eng tez rivojlanayotgan qora tuynuk aniqlandi

15:30 21 Fevral 2024 Dunyo
282 0

Chilidagi teleskop 500 trln quyosh quvvatiga ega yorug‘lik manbasini topdi. Ushbu obyekt olimlar kosmosda topilgan eng yorqin obyektdir.

Bu kvazar (J0529-4351) bo‘lib, uning quvvat manbaini atrofdagi materiyaning katta hajmini so‘ruvchi o‘ta massiv qora tuynuk hosil qiladi. Har kuni u bizning Quyoshga teng bo‘lgan materiya massasini singdiradi va o‘zining og‘irligi 17 mlrd quyoshga tengdir.

Ilgari olimlar uni Somon yo‘lining yaqin yulduzlaridan biri deb hisoblashgan, ammo bu juda uzoqdagi obyekt ekanligi ma’lum bo‘ldi. Obyektdan yorug‘lik bizga yetib kelishi uchun 12 mlrd yil kerak bo‘ldi! (1 yorug‘lik yili yorug‘likning bir yilda bosib o‘tadigan masofasidir, bu 9,5 trillion kilometrga teng)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер