Tanzila Norboyeva Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda

06:06 12 Mart 2024 Siyosat
366 0

Oliy Majlis Senati Raisi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida BMT Ayollar holati boʻyicha komissiyasining 68-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, Komissiya BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining ishchi organi boʻlib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ilgari surish boʻyicha xalqaro standartlarni hamda ularning bajarilishi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

Ikki hafta davom etadigan tadbirda BMT va fuqarolik jamiyati vakillari Pekin deklaratsiyasining amalga oshirilishini muhokama qiladilar.

Sessiya qashshoqlikni bartaraf etish, institutlar salohiyati va moliyalashtirishni kuchaytirish orqali gender tenglikka erishish va barcha xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirishga bagʻishlanadi.

Tashrif doirasida, shuningdek, BMT tuzilmalari rahbarlari, qator davlatlarning prezidentlari, hukumat rahbarlari va vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер