Tanzila Norboyeva Eronning mamlakatimizdagi elchisi Muhammadali Iskandariyni qabul qildi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammadali Iskandariyni qabul qildi.
Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikni, shuningdek, parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Davlatlar rahbarlari oʻrtasidagi muntazam muloqot, oʻzaro tashrif va uchrashuvlar turli sohalardagi aloqalarini yanada kengayishiga muhim turtki bergani alohida qayd etildi.
Muloqot chogʻida tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilda 503,4 mln dollarni tashkil etgani, bu ikki mamlakat salohiyatiga umuman javob bermasligi, ushbu koʻrsatkichni bir necha barobar oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish zarurligi taʼkidlandi.
Transport logistikasi, tibbiyot va farmatsevtika, texnik muhandislik, fan va texnologiyalar sohalarida hamkorlik boʻyicha ishga solinmagan imkoniyatlar borligi, mazkur yoʻnalishdagi loyihalar ikkala tomon uchun ham birdek manfaat keltirishi aytib oʻtildi.
Parlamentlararo aloqalar mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashning amaliy mexanizmi ekanligidan kelib chiqib, doʻstlik guruhlari va qoʻmitalar darajasidagi muloqotlar muntazamligini taʼminlash, oʻzaro tashriflarni faollashtirish boʻyicha fikr almashildi. Yuqori darajada erishilgan oʻzaro kelishuvlarning ijrosini taʼminlashda parlamentlar salohiyatini ishga solish muhimligi taʼkidlandi.
Xalqaro tashkilotlar doirasida ham konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Doʻstona va amaliy ruhda kechgan uchrashuv yakunida Elchi istiqboldagi rejalar va loyihalarni hayotga tatbiq etishga bor bilim va salohiyatini ishga solishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring