Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniya Davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi
Joriy yilning 23-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdoʻstlik va taraqqiyot masalalari boʻyicha davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi.
Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya siyosiy-diplomatik muloqotini kengaytirish, shuningdek, xalqaro maydonda konstruktiv hamkorlikni davom ettirish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlash, parlament aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chogʻida keyingi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar yuqori darajaga koʻtarilgani alohida taʼkidlandi.
Suhbat davomida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida qoʻshma loyihalarni yoʻlga qoʻyish, iqlim oʻzgarishi oqibatlariga qarshi kurashda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Bundan tashqari, taʼlim va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish ustuvor yoʻnalish sifatida qayd etildi. Oliy taʼlimda zamonaviy sohalar boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ingliz tilida oʻqitiladigan taʼlim dasturlarini kengaytirishning amaliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Devid Kemeron Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash, xususan, munosib mehnat tamoyillarini joriy etish, gender tenglikka erishish, oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi.
Uchrashuv jarayonida keyingi yillarda parlamentlararo hamkorlik sezilarli darajada faollashgani eʼtirof etildi. Tomonlar bu borada oʻzaro muloqotni yanada kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring