Tanzila Norboyeva BMT Bosh kotibi oʻrinbosari “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus bilan uchrashdi
Joriy yilning 14-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi T.Norboyeva BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, “BMT-ayollar” tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda “BMT-ayollar” tuzilmasi bilan hamkorlikda gender tenglikni taʼminlash hamda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar ularning amaliy natijalariga eʼtibor qaratildi.
S. Baxus xonim Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida bildirgan takliflari asosida oʻtkazilgan Osiyo xotin-qizlari forumi yuqori saviyada tashkil qilinganini taʼkidladi va uni har ikki yilda bir marta Oʻzbekistonda oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda xotin-qizlarning mehnat huquqlari, ularning tadbirkorlik faoliyati qoʻllab-quvvatlanayotgani, bu yoʻnalishda ayollarga keng koʻlamli imtiyozlar yaratib berilayotgani tahsinga sazovor ekanligi qayd etildi.
Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari muloqotini yoʻlga qoʻyishdagi tashabbusini, shuningdek, Respublika gender tenglikni taʼminlash komissiyasining barcha ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi samarali faoliyatini yuqori baholadi.
Tomonlar Respublika gender tenglikni taʼminlash komissiyasi va “BMT-ayollar” tuzilmasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumni imzolash masalasini koʻrib chiqish hamda qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlashga tayyor ekanligini bildirdilar.
“BMT-ayollar” tuzilmasi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, jumladan, qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishda koʻmaklashishga tayyor ekanligini bildirdi.
Mamlakatimizda “BMT-ayollar” tuzilmasining vakolatxonasini ochish masalasi ham muhokama qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida tizimli muloqotni davom ettirish muhimligi eʼtirof etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring