Tanzila Norboyeva Bishkekda Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi Nurlanbek Shakiyev bilan uchrashuv oʻtkazdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Bishkek shahriga amaliy tashrifi davomida Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi Toragʻasi Nurlanbek Shakiyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida ikki davlat oʻrtasidagi yaqin qoʻshnichilik, vaqt sinovidan oʻtgan qardosh strategik hamkorlik munosabatlarining bugungi kundagi yuksak darajasiga toʻxtalib oʻtildi. Bunda ikki mamlakat Prezidentlarining qatʼiy siyosiy irodasi hamda ochiq va oʻzaro ishonchga asoslangan doʻstona munosabatlari muhim poydevor boʻlayotgani eʼtirof etildi.
Uchrashuv davomida parlamentlar oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning ishini faollashtirish, parlament nazorati institutidan foydalangan holda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha fikr almashildi.
Shuningdek, ikki davlat chegaraoldi viloyatlari rahbarlarining Kengashi tadbirlarida mahalliy deputatlarining faol ishtirokini taʼminlash, hamkorlik samaradorligini yanada oshirish boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv soʻnggida tomonlar xalqaro parlamentlararo tuzilmalar doirasidagi hamkorlik aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring