Tanzila Narbayeva Turkiy tilli davlatlar tashkiloti Bosh kotibi bilan uchrashdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
2022-yil 24-iyun kuni Oʻzbekiston delegatsiyasining Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) XI yalpi yalpi majlisidagi ishtiroki doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh kotibi Bagʻdod Amreyev bilan uchrashdi.
Unda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni turli sohalarda, shu jumladan TurkPA doirasida yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston 2019-yilda Tashkilotga qoʻshilganidan buyon TDT faoliyatida faol ishtirok etayotganini taʼkidlab, B.Amreyev mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini yaxshilash sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarni, respublikamiz tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda tomonlar TDTga aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini mustahkamlashda TDT rolini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbuslarini amalga oshirish jarayonini, xususan, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish masalasini ham muhokama qildi.
Uchrashuv yakunlariga koʻra joriy yilning kuzida Toshkentda boʻlib oʻtadigan TDT sammiti doirasida rasman taʼsis etilishi rejalashtirilayotgan Turkiy investitsiya fondini ishga tushirishga tayyorgarlik jarayonini tezroq yakunlash boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring