Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat tashkilotining yangi saylangan bosh direktori bilan uchrashdi

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Jenevaga tashrifi doirasida Xalqaro mehnat tashkilotining yangi saylangan bosh direktori Jilber Ungbo bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan oʻzgarish va islohotlar, shu jumladan, ijtimoiy-mehnat sohasida, munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratdilar.
Shuningdek, XMTning Oʻzbekiston bilan hamkorlik aloqalari tashkilot uchun juda muhim ekanligi, Oʻzbekiston paxtasi uchun “Cotton Campaign” boykoti bekor qilinib, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bilan munosabatlar ancha yaxshilanganiga urgʻu berildi.
Maʼlumot oʻrnida, XMTning yangi bosh direktori joriy yilning 1-oktyabr kuni oʻz lavozimiga rasman kirishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring