Tanzila Narbayeva Ashxobodda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari Muloqotida ishtirok etdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Joriy yilning 9-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqotining yillik yigʻilishida ishtirok etdi.
Taʼkidlash lozim, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari Muloqotiga 2020-yil dekabr oyida Oʻzbekiston tashabbusi bilan asos solingan boʻlib, mintaqadagi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oshirish hamda barqaror rivojlanish bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida norasmiy mintaqaviy platforma hisoblanadi.
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti aʼzolari, BMT taraqqiyot dasturi, BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbarlari qatnashgan anjumanda Turkmaniston raisligida Muloqot doirasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mintaqadagi gender tengligi masalalari muhokamalar markazida boʻldi. Shuningdek, faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda mazkur platformani institutsionallashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Yigʻilishda soʻzga chiqqan Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli Muloqot dolzarb mintaqaviy platformaga va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida gender tengligini taʼminlash masalalarini keng va ochiq muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanganini, umumiy taraqqiyot koʻp jihatdan gender tengligi va ayollarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga global va mintaqaviy eʼtibor darajasiga bogʻliq ekani, chunki ular farovonlik va iqtisodiy oʻsish, taraqqiyot omili va qudratli harakatlantiruvchi kuch sifatida hal qiluvchi rol oʻynaganini taʼkidlab oʻtdi.
BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari N.German Oʻzbekiston gender tengligini taʼminlashga tizimli yondashayotganini taʼkidlab, Oʻzbekistonda Lider ayollar bilan muloqot boʻyicha Milliy platforma faoliyati samaradorligini taʼkidladi. Uning fikricha, Toshkentning bu boradagi tajribasi Muloqot faoliyatini yanada kuchaytirishga amaliy hissa qoʻshadi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari ham soʻzga chiqib, Muloqot platformasi doirasida yil davomida amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib, Turkmanistonning raisligi natijalarini ijobiy baholadilar, gender tengligi barcha uchun tinch, farovon va barqaror kelajak yaratishga zarur asos ekanligini qayd etdilar.
Yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar xususan, ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va unga barham berish, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash kabi yoʻnalishlarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yangi amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini beradigan hujjatlar qabul qilindi.
Muloqotda raislik muddati bir yil boʻlgani sababli 2023-yilda uni boshqa davlatga oʻtkazish masalasi ham koʻrib chiqildi va raislik rasman Qozogʻistonga oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring