Tanzila Narbayeva 29-iyun – 2-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida boʻladi

07:33 29 Iyun 2022 Siyosat
982 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan joriy yilning 29-iyun – 2-iyul kunlari Ozarbayjon Respublikasida boʻladi.

Tashrif doirasida parlament delegatsiyasi ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi, shuningdek, ikki mamlakat xotin-qizlarining iqtisodiy imkoniyatlari va salohiyatini kengaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston va Ozarbayjon tadbirkor ayollarining birinchi biznes-forumi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasining Qoʻshilmaslik harakati parlament tarmogʻi majlisida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?