Taniqli futbol mutaxassisi Bahodir Davlatov vafot etdi
Uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan mutaxassis Bahodir Davlatov vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Bugun, 18-aprel kuni uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan sobiq professional futbolchi Bahodir Davlatov 60 yoshida olamdan oʻtdi.
Bahodir Boyjonovich Davlatov 1964-yilning 15-iyul kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida tugʻilgan. U futbolchilik faoliyati davomida 1981-1991-yillar oraligʻida Sirdaryoning “Yangiyer” klubi safida himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.
Bahodir Davlatov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Toshkent viloyatining “Metallurg” klubi murabbiylar shtabi aʼzosi sifatida faoliyat yurgan.
Maʼlumot uchun, Bahodir Davlatov 2011-yilda Meksika maydonlarida oʻtkazilgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bobur Davlatovning otasi hisoblanadi.
Bahodir Davlatovning akasi Bahrom Davlatov ham sobiq professional futbolchi hisoblanib, faoliyati davomida Muborakning “Mashʼal”, Qarshining “Nasaf” hamda Toshkentning “Paxtakor” klubida yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring