Taniqli aktyor Sherqoʻzi Gʻoziyev 75 yoshida vafot etdi
Foto: Madaniyat vazirligi
Oʻzbek sanʼatining fidoyilaridan biri, mohir aktyor, rejissyor, hajviy qoʻshiqlar va soʻz ustasi — Sherqoʻzi Gʻoziyev 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Sherqoʻzi Gʻoziyev 1950-yilning 8-may kuni Fargʻona viloyati Buvayda tumani Chirkay qishlogʻida tavallud topgan. U 1970-yildan “Teleminiatyuralar teatri”da rollar ijro etishni boshlaydi. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining aktyorlik boʻlimiga sirtdan oʻqishga kirib, 1976-yili muvaffaqiyatli tugatadi.
Gʻoziyev faoliyati davomida “Ekran xandasi”, “Shanba nonushtadan soʻng” koʻrsatuvlari hamda “Changalzor qiroli” filmi, “Nashtar” kinojurnallarida rollar ijro etgan. Shuningdek, 1990-yilda “Qalbim navolari” deb nomlangan sheʼrlar toʻplam kitobi nashr etilgan.
Shu bilan birga u rejissyorlikda ham oʻzini sinab koʻrgan. “Sherxan” nomli studiya ochib, hindlar bilan hamkorlikda 2006-yilda “Sherxan traktorchi” kinokomediyasini, 2008-yilda “Yolgʻiz emassan” melodrama filmlarini tasvirga oldi.
Sherqoʻzi Gʻoziyev xalqimiz qalbida samimiyligi, insoniy fazilatlari, sadoqati va ijodiy jonkuyarligi bilan mangu yashab qoladi.
“Xalq soʻzi” – “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati ijodiy jamoasi marhumning oilasi va yaqinlariga taʼziya bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring