Tana harorati 38 darajagacha koʻtarilsa, nima qilish kerak?

Ushbu savoliga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydulleva javob berdi. Bu haqda SSV Matbuot xizmatining xabar berdi.
«Antibiotiklar tana haroratini tushirmaydi. Tana haroratini 38 darajagacha koʻtarilishi meʼyor holat hisoblanadi, yaʼni inson organizmiga virus tushsa, organizm virus bilan kurashishi uchun va immunitet hujayralari paydo boʻlishi uchun organizmning harorati 38 darajagacha koʻtarilishi kerak. Tana haroratini bu darajagacha koʻtarilishi qoʻrqinchli emas.
Tana harorati 38 darajagacha koʻtarilganda, quyidagilar tavsiya qilinadi:
“Vitamin S” ga boy suyuqliklarni ichish, kuniga 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish (limon choylar, malina choylar, naʼmatak choylar, oddiy qora yoki koʻk choylarni ichish kerak. Bu oʻz oʻrnida hujayra va toʻqimalarni suvsizlanishining, qon quyulishining oldini oladi va tana haroratini tushiradi;
Tomoq va burunni tuzli yoki choy sodali suyuqliklar bilan kuniga 8-martadan ortiq chayish;
70 foiz spirtni iliqroq suv bilan ilitib tanani artish ham tana haroratini tushirishga yordam beradi.
Tana harorati 38 darajadan yuqori boʻlsa – yoshga mos ravishda:
1 yoshgacha bolaga 100-125 mg,
1 – 5 yoshli bolalarga 125-50 mg,
5 yoshdan kattalarga 500 mg bir martalik dozada “Paratsetamol” yoki «Ibuprofen» tabletkasi qabul qilinadi, xolos. Shu bilan birga, zudlik bilan oilaviy shifokor bilan bogʻlanish kerak!
Oilaviy shifokor kelguniga qadar “Vitamin S” ga boy suyuqliklarni koʻproq, kuniga 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish, yaʼni limon, malina, naʼmatak yoki oddiy qora yoki koʻk choylarni ichish talab etiladi.
Istisno holatlarda, agarda shifokor kelguncha 4-6 soatdan ortiq vaqt oʻtsa, bu davrda tana harorati 38 darajadan yuqoriga qayta koʻtarilsa, “Paratsetamol”ni yana bir bor qabul qilish kerak», deya javob bergan Sevara Ubaydulleva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring