Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan qonunbuzarlar qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent, Andijon va Namanganda tamaki mahsulotlari savdosi bilan noqonuniy tarzda shugʻullanib kelgan bir qator shaxs va MCHJlarni fosh etdi. Bu Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Olmazor tuman boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.S., S.M. va Z.Sh. ushlangan. Ular fuqarolar M.Sh va B.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 319,1 million soʻmlik jami 10 ming quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi yana bir holat Andijon viloyatida aniqlangan. Departamentning Asaka tuman boʻlimi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbirda oʻz uyida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.Q.ni qoʻlga tushirga. Maʼlum boʻlishichicha, bu shaxs xaridor N.D.ga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlanib, kelgusida sotish maqsadida saqlab qoʻyilgan turli nomdagi jami 4 ming 460 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.I. va I.A. xorijda ishlab chiqarilgan 2 ming 500 dona elektron tamaki mahsulotini fuqaro A.S.ga 52 million soʻmga sotgan vaqtlarida ushlangan. Shuningdek, I.A.ning boshqaruvidagi avtomashinadan yana 3 ming 200 dona elektron tamaki va 290 quti “Parlament super slim” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ham topildi.
Qayd etilishicha, tamaki savdosini qonunga muvofiq yuritmayotgan yana bir MCHJ Namangan tumanida aniqlandi. Oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa “H.Z.” MCHJ sotuvchisi I.S. xaridorga “Ignite” nomli elektron tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, 21 turdagi xorijda ishlab chiqarilgan 458 quti tamaki mahsulotlari hujjatlashtirilgan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring