“Talipoch qalʼa darvozasi”ni taʼmirlash uchun 1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi
Avval xabar berilganidek, oʻtgan hafta davomida Buxoro shahrida kuzatilgan muttasil yogʻingarchilik oqibatida joriy yilning 11-mart kuni kechki payt “Talipoch qalʼa darvozasi”ning chap tomonida qulab tushgan qalʼa devori qismini va Talipoch darvozasini taʼmirlash uchun Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 1,0 mlrd. soʻm ajratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning mart oyida tasdiqlangan “2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining Manzilli roʻyxati”ga asosan mazkur obyektni taʼmirlash-tiklash ishlari Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirda masʼul soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan ushbu obyektning loyiha oldi ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring