Taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
Foto: Illustrativ
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.
Unga koʻra, mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Jumladan, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun Ona tili va adabiyoti fanidan yozma shaklda, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun Davlat tili hamda Matematika fanlaridan yozma shaklda, Oʻzbekiston tarixi fanidan yozma va ogʻzaki, Jismoniy tarbiya fanidan esa amaliy shaklda oʻtkazilishi belgilandi.
Shuningdek, 11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun Ona tili va adabiyoti fanidan yozma shaklda, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun Davlat tili fanidan yozma shaklda, asosiy Matematika, chuqurlashtirilgan Matematika hamda Tarix fanlaridan ham yozma shaklda oʻtkazilishi aytib oʻtilgan.
Oʻquvchining tanlovi boʻyicha taʼlim tili qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida boʻlgan sinflar uchun Ona tili va adabiyoti fani va Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan yozma shaklda, Chet tili fanidan esa yozma hamda ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.
“Maʼlumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy boʻlishi belgilanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring