Talabalarni koronavirus infeksiyasiga qarshi toʻliq emlash choralari koʻriladi

16:56 09 Yanvar 2022 Jamiyat
641 0

Maʼlum boʻlishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, koʻngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda boʻlish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini oʻlchash amaliyotiga qatʼiy rioya etilishi taʼminlanadi.

Aholini toʻliq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.

Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xoʻjalik birlashmalarida:

— ishchilarning emlangandan soʻng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatʼiy chora koʻriladi;

— mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini taʼminlash maqsadida turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida taʼtil davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi toʻliq emlash choralari koʻriladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan masʼul etib belgilanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер