“Taxtaqoracha” dovonida ayrim transportlarning harakati cheklandi
“Taxtaqoracha” dovonida yuk va yoʻlovchi tashuvchi ayrim transportlarning harakatlanishi vaqtincha taqiqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalqaro ahamiyatga ega M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining “Taxtaqoracha” dovonida yoʻl torligi, xavfli burilish joylarining radiusi kichikligi, oldinda harakatlanib ketayotgan yuk transport vositalarining sekin harakatlanishi tufayli quvib oʻtishning imkoni boʻlmagani sababli noqulayliklar tugʻdirmoqda.
Shuni inobatga olib, xalqaro ahamiyatga ega M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yoʻlining “Taxtaqoracha” dovoni hisoblangan 1135-1145 kilometrlari oraligʻida harakat xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, ushbu yoʻlda aniqlangan kamchiliklar hamda avtomobil yoʻlining III-toifadan II-toifaga oʻzgartirgunga qadar yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan M2, M3 hamda N3 toifadagi transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklangan.
Avtotransport vositalarining tegishli toifalari boʻyicha izoh:
- M2 toifasi – yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq boʻlmagan avtotransport vositalari.
- M3 toifasi – yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq, eng katta vazni 5 tonnadan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari.
- N3 toifasi – yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 12 tonnadan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring