Tayvan oʻz tarixidagi eng yirik harbiy mashgʻulotlarni boshladi
Foto: Global Look Press
Tayvan oʻz tarixidagi eng yirik harbiy mashgʻulotlarni boshladi. Bu haqda “Focus Taiwan” xabar bermoqda. Mashgʻulotlar 18-iyulgacha davom etadi. 1984-yildan beri bunday manevrlar odatda besh kun va toʻrt kecha davom etgan. Ular Xitoy bosqinining ehtimoli boʻlgan taqdirda Tayvanning jangovar tayyorgarligini tekshirishga qaratilgan.
Taypeydagi Milliy mudofaa va xavfsizlikni oʻrganish institutining norezident tadqiqotchisi Che Chjunning taʼkidlashicha, bu yilgi mashgʻulotlardan maqsad Tayvanning uzoq muddatda harbiy va fuqarolik jamiyatida qarshilik koʻrsatish va oʻzini qoʻllab-quvvatlash qobiliyatini mustahkamlashdan iborat.
“Bloomberg” maʼlumotlariga koʻra, mashgʻulotlarga rekord darajadagi 20 ming zahirachi jalb qilinadi. Ularda tinch aholi ham ishtirok etadi: boshpanalarga aylantirilgan yirik supermarketlar tarmogʻining yertoʻlalarini tekshiradi va mahalliy hokimiyat organlari inqiroz yuzaga kelgan taqdirda ularning asosiy xizmatlar va materiallarni yetkazib berishga tayyorligini baholaydi.
Shu yilning 8-iyul kuni Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Szyan Bin Tayvanning harbiy mashqlari Xitoy qurolli kuchlari va mamlakatni birlashtirishning tarixiy tendensiyasini toʻxtata olmasligini aytgandi. Uning fikricha, Tayvanning manevrlari blef (birovning xatti-harakati yoki qaroriga taʼsir qilish maqsadida qasddan notoʻgʻri maʼlumot berish, oʻzi yoki imkoniyatlari haqida notoʻgʻri tasavvur hosil qilish — tahr.) va oʻzini oʻzi aldashdir.
Rossiya Fanlar akademiyasining Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori Fyodor Voytolovskiyning aytishicha, Tayvanda qurolli mojaro yuzaga kelishi xavfi kichik.
“Xitoy Tayvan masalasini harbiy yoʻl bilan hal qilishiga jiddiy shubha qilaman. Xitoyliklar qanday kutishni biladilar — iqtisodiy, siyosiy jihatdan. Harbiy nuqtayi nazardan esa, amerikaliklar, ular aytganidek, Hind-Tinch okeani mintaqasida harbiy jihatdan hukmronlik qilish qobiliyatini saqlab qolishni istaydi. Tayvan masalasi bu katta mozaikaning bir qismidir”, — deydi ekspert.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Vashington va Pekin Tayvan boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri toʻqnashuv bilan bogʻliq xavflar har ikki tomon uchun ham nomaqbul boʻlishi mumkinligini tushunadi, shuning uchun kelgusi yillarda biz faqat imkoniyatlar namoyishi va oʻzaro tiyib turishni kutishimiz kerak.
“Financial Times”ning yozishicha, Xitoy oʻz harbiy qudratini shu darajada mustahkamladiki, u qisqa fursatda harbiy amaliyotlarni boshlashga tayyor, bu esa Tayvanga tahdidni kuchaytirdi. Nashrga tayvanlik yuqori martabali mulozim Xitoyning harbiy-havo kuchlari va raketa boʻlinmalari shu darajada takomillashgani, ular istalgan vaqtda tinchlik davridan harbiy amaliyotlarga oʻtishi mumkinligini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring