Tailandda fil hujumi natijasida ispaniyalik sayyoh qiz vafot etdi

Tailandda 22 yoshli ispaniyalik sayyoh Blanka Garsiya fil hujumi tufayli vafot etdi. Bu haqida “Sky News” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qiz oʻz hamrohi bilan Tailand janubi-gʻarbidagi “Yao Yay” oroliga borgan. Qiz fillardan birini choʻmiltirmoqchi boʻlganda hujumga uchragan hamda olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.
Mutaxassislarning aytishicha, fil hududga tashrif buyuruvchi sayyohlarning munosabatidan taʼsirlangan hamda stressga tushgan boʻlishi mumkin.
“Koh Yao” nomli fillarni parvarish qilish markazining taʼkidlashicha, fillarni choʻmiltirish tashrif buyuruvchilarning sevimli mashgʻulotlaridan biridir. Odatda ularning insonlarga hujum qilishi kuzatilmaydi.
Bunday hodisalar yovvoyi fillar bilan sodir boʻladi, ular baʼzan tabiiy yashash joylarini yoʻqotganligi sababli odamlar yashaydigan hududlarga kirib qolishadi. Sayyohlar bunday fillarni ajrata olishmaydi, natijada hujum qurboniga aylanishlari mumkin.
Coʻnggi 12-yil ichida Tailandda yovvoyi fillar hujumidan 240 ga yaqin oʻlim qayd etilgan. Birgina 2024-yilda jami 39 ta shunday oʻlim oʻlim holati aniqlangan, deyiladi xabarda.
Hisob-kitoblarga koʻra, Tailandning qoʻriqxonalari hamda milliy bogʻlarida 4000 ga yaqin yovvoyi fillar yashaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring