Tailand BRIKSga qoʻshilishga tayyorligini maʼlum qildi

10:01 18 Iyun 2024 Dunyo
301 0

Illyustrativ foto

Tailand yaqin kelajakda BRIKSga qoʻshilish va tashkilotga aʼzo davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirishga tayyor. Ushbu fikrlarni «Piya Tay» («Taylar uchun») partiyasi xalqaro qoʻmitasi rahbari Nalini Tavisin aytib oʻtdi.

«Biz BRIKS mamlakatlari bilan ishlashni davom ettirishga va koʻp tomonlamalikni qoʻllab-quvvatlovchi hamda ajralmas tinchlik va xavfsizlikka ishonadigan barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz», dedi Tavisin.

BRIKS davlatlararo assotsiatsiya boʻlib, toʻqqiz davlat — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Misr va Efiopiyani birlashtirgan. Tashkilot 2006-yil iyun oyida Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokida tashkil etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер