Taekvondochi Nikita Rafalovich sportchi sifatidagi faoliyatini yakunladi
Taekvondo boʻyicha 3 karra Olimpiada ishtirokchisi Nikita Rafalovich sportchi sifatidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning oʻzi Instagramda maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, endi Rafalovich murabbiylik faoliyati bilan shugʻullanadi. “Murabbiylikka oʻtish jarayonida sportchi sifatida faoliyatimni yakunladim. Bu yerda mening yutuqlarimni koʻrishingiz mumkin”, degan u oʻz postida.
Maʼlumot uchun, Nikita Rafalovich 1993-yilning 10-oktyabrida Toshkent shahrida tugʻilgan.
2018-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni, Jahon chempionatlarida ikkita kumush va bitta bronza, Osiyo chempionatlarida oltin, kumush va bronza, shuningdek bir qator Gran-Pri va Katta Dubulgʻa turnirlarida sovrindorlar qatoridan oʻrin olgan. Uch marotaba Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Avvalroq, Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring