Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga yo‘l oldi
Hamyurtlarimiz Usi shahrida o‘tkaziladigan yilning so‘nggi va hal qiluvchi “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etishadi.
Dasturga ko‘ra, 13-14 dekabr kunlari musobaqaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. 16-17 dekabrda esa hal qiluvchi bellashuvlarga navbat beriladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu sport turida “Katta dubulg‘a” turniri uchun ham alohida reyting yuritilib, unda peshqadamlik qilgan 1 ta atlet Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.
Jamoamiz tarkibida Ulug‘bek Rashitov hamda Svetlana Osipova kichik jarohat sabab ushbu turnirni o‘tkazib yuborishadi. Pavel Xan boshchiligidagi sportchilarimiz quyidagi tarkibda Xitoyga uchib ketishdi:
-58 kg: Omonjon Otajonov
-58 kg: Amirbek To‘rayev
-80 kg: Shuhrat Salayev
-80 kg: Jasur Jaysunov
+80 kg: Nikita Rafalovich
-57 kg: Charos Qayumova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring