Taekvondo ITF: oʻzbekistonlik sportchilar jahon chempionatida ishtirok etadi

09:49 14 Dekabr 2021 Sport
1618 0

Shu yilning 14 — 18-dekabr kunlari Belаrus davlati poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF boʻyicha 14 — 17 yoshlilar hamda faxriylar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkaziladi.

Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston nomidan 21 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, 16 — 20-dekabr kunlari Minsk shahrida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Jahon kubogi bahslari ham tashkil etiladi. Ushbu nufuzli musobaqada 64 nafar taekvondochimiz ishtirok etish uchun ariza berishgan.

Oʻzbekiston taekvondo ITF assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanov boshchiligidagi Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Minsk shahriga uchib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?