Tadbirkorlikni yuritishdagi ortiqcha majburiyatlar bekor qilinmoqda
Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”
Senatning qirq sakkizinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Muhokama etilgan Qonun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga hamohang boʻlib, tadbirkorlik subyektlari huquqlarining sud orqali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha mavjud cheklovlarni olib tashlashga hamda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdagi ayrim majburiy talablarni qisqartirishga qaratilgan.

Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlarni bekor qilishni hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek “Xoʻjalik shirkatlari toʻgrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya kilish toʻgʻrisida”gi qonunlarga tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqda eʼlon berish talabi bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar mazkur Qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlashga hamda ularning zimmasiga ortiqcha xarajatlar va majburiyatlar yuklatadigan ayrim byurokratik tartib-taomillar bekor qilinishiga olib kelishini eʼtirof etishdi.
Muhokamadan soʻng Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring