Tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qulaylik yaratiladi
 
                Hukumat qarori (538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida»gi nizomga qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga koʻra “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring