Tadbirkorlarga 1 milliard dollar kreditlar berildi

12:56 18 Avgust 2023 Iqtisodiyot
395 0

Kredit berishda aylanmadagi tovarlar, eksport shartnomalari, akkreditivlar va kelgusi tushumlardan ham garov ta’minoti sifatida foydalanish tizimi yaratildi. Bu imkoniyatdan foydalangan tadbirkorlarga 1 milliard dollar kreditlar berildi.

Shuningdek, mikro-moliya tashkilotlarini ochish tartibi osonlashtirildi. Buning natijasida mamlakatimizda banklarga muqobil kreditlar bozori paydo bo‘ldi.

Bojxona hududida qayta ishlash tizimi soddalashtirildi. Natijada ushbu bojxona rejimidan foydalanuvchi tadbirkorlar soni 2 barobarga ko‘paydi.

Misol uchun, bir yil ichida ushbu imkoniyat orqali 455 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Ilgari yangi tadbirkorlar uchun “kirish qiyin bo‘lgan” 119 ta faoliyat bo‘yicha lisenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki xabardor qilish shakliga o‘tkazildi. Birgina respublika hududida yuklarni avtomobilda tashish kabi faoliyat bo‘yicha lisenziyalarni bekor qilish hisobiga yuk tashish hajmi 1,5 baravarga oshdi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?