Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–8-son, 09.01.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, oʻzaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan 8 turdagi hisobot va statistik maʼlumotlar bekor qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
— 2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
— 2027-yil 1-yanvardan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
— 2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring