“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushiriladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-200-son, 30.05.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar tuziladi:
— Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish boʻyicha respublika komissiyasi (Respublika komissiyasi);
— Hududlarda tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha ishchi guruhlar (hududiy ishchi guruhlar).
Tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tun-u kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Har yili 15-iyundan ochiq muloqot oʻtkazilgungacha maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Call-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlarini tun-u kun qabul qilinishi tashkil etiladi.
“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yil avgust oyida xalqaro biznes forum tashkil etiladi.
Joriy yil yakuniga qadar Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish choralari koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring