“Tadbirkorlar bilan bir kun” forumi oʻtkazildi
Namangan viloyati markazidagi “Maʼrifat maskani”da oʻtkazilgan mazkur biznes va investitsiya anjumanida 300 nafardan ziyod ishbilarmonlik doirasi vakillari qatnashdi. Kun tartibi avvalida maskan foyesida mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati, Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Namangan viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan forumda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislar tadbirkorlar va yoshlar bilan uchrashib, oʻz bilim va tajribalarini ulashdi.

— Bugungi kunimiz kutilganidan ham samarali oʻtdi, — deydi Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Dilrabo SDA” koʻp tarmoqli savdo va ishlab chiqarish korxonasi rahbari Maʼsuda Sodiqova. — Xususan, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Mahamatov, “Millat umidi” universiteti va maktabi asoschisi Umidjon Ishmuhamedov, investitsiya boʻyicha xalqaro ekspert Tamilla Kurbanova va boshqa bir qator spikerlar bilan ochiq muloqot ishtirokchilarga sohadagi ilgʻor tajriba va yangiliklarni bilib olish, muvaffaqiyatli biznes yuritish borasidagi tushunchalarni mustahkamlash imkonini berdi.
Forum ishtirokchilari faoliyatga investitsiyalarni jalb etish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va xalqaro bozorga chiqish masalalari yuzasidan oʻzaro tajriba almashdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring