“Tadbirkor” Karmana tuman hokimligi zaxirasidagi 1 gektar yerni 2 milliardga sotmoqchi boʻldi
Navoiy, Andijon, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bogʻliq holatlar aniqlangan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida bir qator shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.
Xususan, Navoiy viloyatida xususiy tadbirkor Karmana tuman hokimligi zaxirasidagi 1 gektar yerni oʻziniki deb koʻrsatib, uni sotish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 milliard soʻm talab qilgan. U 1 milliard soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Andijon viloyatida esa Xoʻjaobod tumanida yashovchi aka-uka davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 300 ming AQSH dollariga rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan. Ulardan biri 50 ming AQSH dollarini olgan vaqtida huquq-tartibot idoralari tomonidan qoʻlga olindi.
Fargʻona viloyatida Uchkoʻprik tumanidagi fermer xoʻjalik rahbari 50 sotix yerni 55 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, 45 ming AQSH dollarini olganida ushlangan. Quva tumanida esa qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona rahbari 10 sotix yerni turar-joy sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Toshkent shahrida 16 sotix davlat zaxirasidagi yer maydonini 352 ming AQSH dollariga sotishga uringan shaxs ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fosh etildi. U 30 ming AQSH dollarini olganida ushlangan. Shuningdek, uning sherigi boʻlgan va ilgari firibgarlikda ayblangan shaxs ham pulni olganida qoʻlga tushdi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar yer bilan bogʻliq noqonuniy harakatlarga qarshi kurashni davom ettiradi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring