411,4 million soʻmlik tabiiy gaz va elektrni oʻgʻirlagan fuqarolarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unga koʻra, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, fuqarolar A.Q. va J.T. belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan fuqaro Sh.Sh.ning “Bogʻizilol” MFY hududidagi binosida ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib, tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib olgan.
Mazkur qonunbuzilish holati natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 221,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Samarqand shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham fosh qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro B.X. “Doʻstlik” MFY hududidagi issiqxonasida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 190 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi fosh qilingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi Departament xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring