Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratiladi
“Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5-son, 05.01.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra:
— suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suv yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinadi;
— Suv xoʻjaligi vazirligining tuman (Quvasoy shahar) irrigatsiya boʻlimlari hamda maxsus xizmatlari negizida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tashkil etiladi.
Suv yetkazib berish xizmatlari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib boradi.
— suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Davlat byudjetiga tushgan tushumning 40 foizi Suv yetkazib berish xizmatlari faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
2024-yildan:
— suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga suvkredit.uz platformasi orqali 5-yil muddatga, shundan 2-yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kreditlar ajratiladi;
— suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga ushbu texnologiyalar joriy qilingan yilning oʻzida toʻliq miqdorda ajratiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarga tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan qismi Davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.
Sugʻoriladigan yerlarda yangi bogʻlar, uzumzorlar va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etishda xulosalar Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan faqat suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish sharti bilan beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring