Suvni nazorat qiluvchi idoraning oʻzi oʻgʻirlik qildi

18:26 19 Oktyabr 2018 Jamiyat
2095 0

Majburiy ijro byurosi Nukus shahar boʻlimining tezkor shoʻbasi tomonidan “Tuyamuyun Nukus” Mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi Nukus shahar Oqava suv filialiga qarashli 21 ta kanalizatsiya nasos stansiyalarida ichimlik suvdan foydalanish holati tekshirildi.
Oʻtkazilgan tekshirishda 12 ta obyektlarda ichimlik suvdan suv hisoblagich uskunasi oʻrnatmasdan foydalanayotganligi holatlari aniqlanib, belgilangan tartibda huquqbuzarlik va tarmoqdan ajratish dalolatnomalari rasmiylashtirilgan.
Aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan Nukus shahar Oqava suv filiali boshligʻi Aimbetov Azat Muslatdinovich oʻz tushuntirishlarida tekshirishdan oʻtkazilgan 5 ta obyektda SP va 7 ta obyektda KNS rusumli nasos stansiyalari oʻrnatilib boʻlib, suvdan ushbu joyda ishlovchi xodimlar oʻz ehtiyojlari uchun foydalanib kelganligi sababli suv hisoblagich uskunalari oʻrnatilmaganligini bildirgan.

Qiziq, tekshirish ishlari oʻtkazilgan kanalizatsiya nasos stansiyalari rahbarlari va xodimlari oʻz faoliyatida amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga itoʼat qilgan holda ishlashi burchi hamda majburiyati emasmi?

Tegishli mutaxassislar ishtirokida qoidabuzarlik aniqlangan obyektlarga borib davlat qiyoslovidan oʻtgan manometr yordamida ichimlik suvning bosimlari oʻlchanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganda, tekshirish oʻtkazilgan 12 ta obyekt boʻyicha jami 2 mlrd. 155 mln. soʻm miqdorida davlat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi. Hozirgi vaqtda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari oʻtkazilishi davom ettirilib, aybdorlarning javobgarlik masalasi hal etilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер