Suv toshqinlari janubiy osiyoliklar hayotini izdan chiqarib yubordi

13:02 09 Iyul 2024 Dunyo
295 0

Foto: BBC

Soʻnggi kunlarda Hindiston, Nepal va Bangladeshda kuchli suv toshqinlari sodir boʻlib, koʻplab odamlarning hayotiga zomin boʻldi hamda millionlab odamlar jabrlandi.

Keng miqyosli qutqaruv operatsiyalari davom etib, rasmiylar minglab odamlarni boshpana bilan taʼminlamoqda. Qamoqxonadagilar oziq-ovqat bilan taʼminlanib, kerakli jihozlar yetkazilyapti.

Bir qancha mamlakatlardan oqib oʻtuvchi Brahmaputra va Koshi kabi yirik daryolar kuchli yomgʻir tufayli qirgʻoqlaridan toshib ketdi.


Janubiy Osiyoda yillik yogʻingarchilikning 90 foizgacha boʻlgan musson mavsumida suv toshqinlari va koʻchkilar kam uchraydi. Ammo mutaxassislar soʻnggi yillarda iqlim oʻzgarishi sababli bu muammo yanada ogʻirlashganini aytishmoqda.

Soʻnggi kunlarda Nepalda toshqinlardan 14 kishi halok boʻlgan. Asosiy magistral yoʻllar toʻsib qoʻyilgan va koʻpriklar toshqin sabab qulab tushgan.

Rasmiylarning hisob-kitoblariga koʻra, bu yilgi musson hozirgacha 40 nafardan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan. Ular mamlakat janubi-sharqidagi aholini Nepal va Hindistondan oqib oʻtuvchi Koshi daryosi xavfli darajada oqayotganligi sababli hushyor boʻlishga chaqirdi.


Hindistonning Assam shtatida 2,4 millionga yaqin odam suv toshqinidan jabr koʻrib, may oyi oʻrtalaridan beri 66 kishi halok boʻldi. Hindiston va Bangladeshning bir qismidan oqib oʻtuvchi Brahmaputra, boshqa daryolar qirgʻoqlari boʻylab yoʻllar, shuningdek, keng qishloq xoʻjaligi yerlari suv ostida qolgan. Ushbu daryo bu yil 2,5 metr balandlikkacha kutarilgan.

2200 ga yaqin bir shoxli karkidon yashaydigan Assamdagi Kaziranga qoʻriqxonasi ham suv ostida qolgan. Hozirgacha toʻrt karkidon, koʻplab kiyik va boshqa hayvonlar nobud boʻlgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu oʻlgan hayvonlar soni boʻyicha soʻnggi yillardagi eng yomon suv toshqini hodisalaridan biridir. Shuningdek, Mumbaydagi bir qancha maktablar yopilishga majbur boʻlgan.

Bangladesh hukumati ikki million odam suv toshqinidan jabr koʻrgani hamda kamida sakkiz kishi halok boʻlganini maʼlum qilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon meteorologiya tashkiloti mussonlar sentyabrgacha davom etishini bashorat qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?