Suv xoʻjaligi sohasidagi innovatsiyalar

Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Nukus tumanida xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokida “Suv yoʻqotishlarni kamaytirishda zamonaviy, innovatsion usullardan foydalanish” mavzusida amaliy-seminar oʻtkazildi.
Seminarda kanallarni beton qoplamasi oʻrniga ishlatish mumkin boʻlgan giyeomembarna, geotekstil va geokompozit mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan Rossiya davlatining “TERATEX” kompaniyasi vakili Aleksey Kochurov hamda Fargʻona shahridagi “Sayqal” xususiy korxonasi vakili, professor Abduroxmon Niyazov oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar boʻyicha maʼlumot berib, suv yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha innovatsion usullardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berishdi.
— Kanallarni betonlashga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish maqsadida chet el va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Baxtiyar Juzbayev. — Mana bugun ham ushbu seminarga bir necha ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarini taklif etib, ularning mahsulotlari taqdimotlari bilan hududdagi klaster va fermerlarni yaqindan tanishtirmoqdamiz. Maqsadimiz fermerlarga suv yoʻqotishlarni kamaytirish borasidagi vazifalarning ahamiyatini kengroq tushuntirishdir. Bu borada eng maqbul, kam xarajatli va beton oʻrnini bosuvchi qoplamalar kanallarga toʻshash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berilmoqda.
Tadbir ishtirokchilari Nukus tumanidagi “Diyxanarna” kanalining betonlangan va tajriba tariqasida geomembrana toʻshalgan qismlarini borib koʻrdi. Shu yerda ichki ariqlarga geotekstil qoplamasi toʻshalib, uning sifati, oʻrnatish va umumiy xarajatlari haqida maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring