Surxondaryoning olis hududlarida oʻquvchilarning maktabga qatnashi uchun avtomobillar ajratildi
Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining “Surxondaryo viloyati byudjetining joriy yil I chorak yakuniga koʻra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi qarori doirasida viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tasarrufidagi 26 ta umumtaʼlim maktablariga 26 ta “Damas” rusumli avtomashinalari berildi.
Ushbu avtotransport vositalari viloyatdagi sharoitlari mavjud boʻlmagan maktab filiallarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarni asosiy maktablarga tashish uchun xizmat qiladi. Kunning jaziramasi, qishning qahratonida olis maktablarga qatnaydigan 789 nafar oʻgʻil-qizlar barcha sharoitlari mavjud maktablarga transport vositasida qatnashadi. Viloyatdagi 26 ta taʼmirtalab maktab filiallarining faoliyati tugatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring