Surxondaryodan 24 davlatga 150,4 million dollarlik mahsulot eksport qilindi
Bugun Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Videoaloqa shaklida “Zoom” dasturi orqali boʻlib oʻtgan sessiya ishida xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari, viloyatdan Oliy Majlis Senatiga saylangan senatorlar, kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada dastlab Prezidentimizning “2020-2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Denov tumani hokimi B. Ibotovning hisoboti tinglandi.
Qayd etildiki, mazkur hujjat bilan 2020-2022-yillarda Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari tasdiqlangan. Unga koʻra, birgina joriy yilda qiymati 603 milliard 420 million soʻmlik 181 ta loyiha amalga oshiriladi.
Tumanda yil boshidan buyon sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha qiymati 14 million 742 million soʻmlik 11 ta loyiha bajarilib, 67 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahalliy xom-ashyodan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali valyuta tushumini oshirish uchun 2 ta loyiha boʻyicha 991 ming dollar qiymatidagi mablagʻ oʻzlashtirildi.
Bundan tashqari, ijtimoiy sohalar, yoʻl-transport infratuzilmasi, ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlari, elektr energiyasi va gaz tizimi, koʻp qavatli uy-joylar qurilishi, obodonlashtirish-taʼmirlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, turizm kabi yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi.
Shundan soʻng sessiyada viloyat hokimining oʻrinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi A.Oripovning “2020-yil uchun eksport prognoz koʻrsatkichlarini bajarish, mahalliy eksportyorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar ijrosi toʻgʻrisida”gi hisoboti tinglandi.
Taʼkidlanishicha, joriy yilning oʻtgan davrida viloyatdagi 253 ta hududiy korxona tomonidan 24 ta davlatga 150,4 million dollarlik 291 turdagi mahsulot eksporti amalga oshirdi. Shundan 87,4 million dollari sanoat, 63 million dollari meva-sabzavot mahsulotlaridir.
Hisobot davrida 132 ta tadbirkorlik subyekti eksport faoliyatiga yangidan jalb etilib, ular tomonidan 54,4 million dollarlik mahsulot xorijga joʻnatildi. Joriy yilda vohaning eksport geografiyasi Singapur, Estoniya, Qirgʻiziston kabi davlatlarga kengaydi. Xususan, Singapur va Estoniyaga 1,9 million dollarlik qurilish materiallari, Qirgʻizistonga 6,5 million dollarlik tikuv trikotaj va meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.
Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ilhom Rahmatov,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring