Surxondaryoda “Zarchob-1 kichik GES” loyihasi ishga tushirildi (foto)

15:35 03 Aprel 2021 Iqtisodiyot
2054 0

“Oʻzbekgidroenergo” AJ Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yangidan barpo etilgan “Zarchob-1” kichik GES loyihasini ishga tushirdi.

“Zarchob-1” kichik GES qurilishi “Oʻzbekgidroenergo” AJning tizim tashkiloti hisoblangan “Gidroproyekt” AJ tomonidan loyihalashtirilgan.

Mazkur GESga 2 ta gidroagregat oʻrnatish belgilangan boʻlib, ularning umumiy quvvati 37,4 MVtni tashkil etadi.

GESda qurilish-montaj ishlari yakunlanib, sozlash va sinovdan oʻtkazish ishlari, avtomatik tizim boshqaruvini markazlashgan boshqarmadan boshqarish ishlari amalga oshirildi.

Shu bilan birga, stansiyadagi gidroinshootlar sinov-tajriba jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Toʻpolang daryosidan suv olib oʻtuvchi Zarchob-1 KGESga keluvchi 480 m uzunlikdagi tunnel va 1 300 m uzunlikdagi kanalda suv haydalib, sinov ishlari oʻtkazildi. Bosimli hovuzdagi suv koʻtarish inshootlari ishchi shay holatiga keltirilib, belgilangan tartibda sinovdan oʻtkazildi.

Bugun, 3-aprel kuni “Zarchob-1” kichik GES tushirilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda “Oʻzbekgidroenergo” AJ rahbariyati, viloyat hokimligi mutasaddilari, “Toʻpolang GES” UK, “Zarchob-1 kichik GES” masʼul vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Ushbu obyektdagi qurilish ishlari 2017-yilning avgust oyida boshlangan edi. GES uchun zaruriy texnologik qurilmalar Xitoyning yetakchi kompaniyasi “Dongfang Electric International Corporation” tomonidan yetkazib berildi.

Mazkur loyihani ishga tushirilishi natijasida Surxondaryo viloyatining elektr energiyaga boʻlgan talabining muayyan qismini, sanoat va iqtisodiyot korxonalarini gidroenergiya hisobidan taʼminlash imkoni vujudga keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер