Surxondaryoda yoshlarning OTMga kirish koʻrsatkichi 11-oʻrindan 4-oʻringa koʻtarildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, hududini namunali qilgan viloyat va tumanlar koʻpligi taʼkidlandi.
Xususan, yosh tadbirkorlarimiz tashkil qilgan 261 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan oshgani qayd etildi.
Ilgari bu borada Toshkent shahri yakka peshqadamlik qilgan boʻlsa, bugungi kelib Toshkent viloyati, Samarqand, Andijon, Namangan, Fargʻona yoshlarining biznesdagi natijalari poytaxtdan qolishmayapti.
Qoraqalpogʻiston, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha ilgʻor hududlarga aylandi.
Yoshlarning oliygohga kirish koʻrsatkichi boʻyicha Surxondaryo bir yil ichida 11-oʻrindan 4-oʻringa koʻtarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija koʻrsatmoqda.
Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar oʻquvchi sovrin olgan boʻlsa, oʻtgan 6 oyda ularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari oʻquvchilari ham qoʻshilib, jami 166 ta medal qoʻlga kiritildi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar oʻqitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari ITdan katta daromad topishni oʻrganib oldi.
Boshqa bir misol: oʻtgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar koʻp.
Xorijiy tillarni mukammal bilish boʻyicha Toshkent shahri, Fargʻona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlari ancha ilgarilab ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring